Воскресенье, 28.04.2024, 13:51
Приветствую Вас Гость | RSS
 
Mp3baSs.ucoz.net| |Biz Bilan Zerikmaysiz
Главная | | Регистрация | Вход
Sayt Menyusi

New Musiqa
Sevgi izxorlari [0]
Sevgi Faqat Sevgi
Eng Zo'r Sherlar [2]

Baxolash
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13

Ma'lumot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Июль » 9 » Dunyo Yangiliklari
17:03
Dunyo Yangiliklari

Do‘stini operatsiya qilish uchun katta miqdorda pul kerakligini eshitgan yetti yoshli bolakay pul yig‘ishga qaror qiladi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, Tjournal.ru xabar berdi.

Nashrda qayd etilishicha, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida istiqomat qiluvchi Kuin Kallenderning do‘sti Breyden Grozdanich bolalar miya (serebral) falaji oqibatlaridan jabr ko‘rmoqda. Breydenning operatsiyasiga pul topish maqsadida Kuin avvaliga do‘stlari bilan oziq-ovqat do‘koni yoniga peshtaxta o‘rnatib, uyda tayyorlangan limonad sotadi. Bolakaylarni mahalliy aholi bilan bir qatorda Breydenning otasi bilan ishlovchi o‘t o‘chiruvchilar ham qo‘llab-quvvatladi.

Bundan tashqari, Kuin ota-onasining yordami bilan youcaring.com saytida crowdfunding — moliyalashtirishda xalq ko‘maklashadigan kampaniyani ishga tushiradi. Saytda Kuin AQShda 20 ming dollar narx bilan belgilangan mazkur operatsiya do‘stining mushaklariga elastiklikni qaytarib, tortishib qolishni to‘xtashi mumkinligini yozadi.

Kasallik bilan og‘rigan bolaning otasi Trevisning aytishicha, operatsiyani Kanadada ham qilsa bo‘ladi, biroq keyin Breyden bir umr nogironlik aravachasiga mixlanib qolishi mumkin.

Kraudfanding kampaniyasida hozirga qadar to‘plangan mablag‘ 53 ming dollar (kutilgandan 2,5 marta ko‘p)dan oshdi. Operatsiya uchun pul yig‘ish avgust oyining boshiga qadar davom etadi.
 

Просмотров: 781 | Добавил: Maksimum | Теги: Сами лутший сервер | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Profilga Kirish

Qidiruv

Saytda
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Copyright MyCorp © 2024