Четверг, 09.05.2024, 09:20
Приветствую Вас Гость | RSS
 
Mp3baSs.ucoz.net| |Biz Bilan Zerikmaysiz
Главная | | Регистрация | Вход
Sayt Menyusi

New Musiqa
Sevgi izxorlari [0]
Sevgi Faqat Sevgi
Eng Zo'r Sherlar [2]

Baxolash
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13

Ma'lumot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Июль » 09

Nyu-York Yankiz” beysbol jamoasining muxlislaridan biri uni Beysbol oliy ligasi (MLB) o‘yini davomida uxlayotgan holda namoyish qilgani uchun Amerika telekanalini sudga berdi. Bu haqda New York Post nashriga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.

Endryu Rektor ismli muxlis “Nyu-York Yankiz” va “Boston Red Soks” jamoalari uchrashuvida uning uxlayotgan holatini ko‘rgan telekanal boshlovchilarini o‘ziga nisbatan haqoratli so‘zlar aytganlikda ayblamoqda.

... Читать дальше »

Ko'rildi: 385 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi va undan ketuvchi jismoniy shaxslar endilikda Davlat bojxona qo‘mitasining T-6 shakldagi bojxona deklaratsiyasi blankini o‘zlari chop etishlari mumkin. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

PDF shakldagi deklaratsiyani qo‘mitaning rasmiy saytidan o‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘chirib olish mumkin. Xatolikka yo‘l qo‘yilmasligi uchun saytda kerakli ko‘rsatma va namuna ham berilgan.

< ... Читать дальше »

Ko'rildi: 496 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

O‘tgan yili O‘zbekiston hududida topilgan va OAVlarda mamont deb atalgan ulkan jonivor qoldiqlari ayni paytda Geologiya muzeyida saqlanmoqda.

Muzey direktori Ahmadjon Ahmedshoyevning Uzbekistan Today nashriga ma’lum qilishicha, topilma ustida tadqiqot ishlari davom etmoqda. “Qoldiqlarning mamontlar o‘tmishdoshlari — arxidiskodonlarga tegishli ekani isbotlandi, — dedi u. — Topilmaning aniq yoshi Yadro fizikasi institutidagi izlanishlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi”.
... Читать дальше »

Ko'rildi: 792 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

Do‘stini operatsiya qilish uchun katta miqdorda pul kerakligini eshitgan yetti yoshli bolakay pul yig‘ishga qaror qiladi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, Tjournal.ru xabar berdi.

Nashrda qayd etilishicha, Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasida istiqomat qiluvchi Kuin Kallenderning do‘sti Breyden Grozdanich bolalar miya (serebral) falaji oqibatlaridan jabr ko‘rmoqda. Breydenning operatsiyasiga pul topish maqsadida Kuin avvaliga do‘stlari bilan oziq-ovqat do‘koni yoniga ... Читать дальше »

Ko'rildi: 783 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

Yaponiyada “Noguri” to‘foni yaqinlashib kelayotgani sababli janubiy Okinava prefekturasidagi 590 ming kishini evakuatsiya qilish haqida e’lon qilindi, deb xabar berdi Kiodo agentligiga tayanib “RIA Novosti”.

Prefekturaning markaziy shahri — Naxada shamolning sekundiga 50,2 metrgacha kuchaygani qayd etildi. Meteorologlar taxminiga ko‘ra, chorshanba kuni Okinavada shamol tezligi sekundiga 45 metrga, kuchayganida esa 65 metrga yetishi mumkin (25—30 metr/sekund shamol odamni yiqitish uchun yetarli).
... Читать дальше »

Ko'rildi: 806 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

Mashhur ijtimoiy tarmoq mobil qurilmangizda biror videoni ko‘rib bo‘lganingizdan so‘ng, unga aloqador yoki ommabop videolarni tavsiya qilish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Mashable nashri xabar berdi. Videoni ko‘rganingizdan keyin uning o‘zini qayta tomosha qilish yoki Facebook tavsiya qilgan videolardan birini ko‘rishingiz mumkin. Bu xizmat tarmoqning kichik guruhlarida iOS va Android operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalar uchun amal qilmoqda, deyiladi TechCrunch xabarida. Facebook vakili shunday funksiyani sinovdan o‘tkazayotganini tasdiqladi va bu yangi xizmat foydalanuvchilar o‘zlari uchun qiziqarli videolarni topa olishlariga ko‘mak beradi, deya ta’kidladi. Facebook videolarni tavsiya qilish orqali brend va kompaniyalarning reklamalarini kengroq taqdim etish bilan shug‘ullanishi mumkin.
Ko'rildi: 672 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

7-iyul kuni bosqinchilar San-Paulo yaqinidagi Kampinas shahrida joylashgan Samsung kompaniyasi binosida o‘g‘rilik sodir etdi. Ular ishchilarni garovga olib, 36 million dollarlik smartfon, planshet va noutbuklarni olib chiqib ketgan. Bu haqda Zdnet.com sayti xabar berdi. Bosqichilikda taxminan 20 nafar qurollangan kishi ishtirok etgan. Bir qancha ishchilar garovga olingan, qolgan ishchilarning esa telefonlaridan batareyalari olib qo‘yilgan va ular ishlashda davom etaverishgan. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, jami 40 000 ta qurilma o‘g‘rilangan. Kompaniya ishchilarining politsiyaga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 3 soat davom etgan bosqinchilik paytida zo‘ravonlik qilinmagan. Hozirda politsiya qidiruv isharini olib bormoqda va ular o‘g‘rilik xodimlar tomonidan sodir qilingan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.
Ko'rildi: 725 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

LG kompaniyasi may oyi o‘rtalarida taqdim etgan LG G Pad 10.1 nomli eng katta plansheti sotuvini iyul oyidan boshlaydi. Bu haqda Mail.Ru xabar berdi.

Yaqin kunlarda bu planshetning qora va qizil rangdagisini AQShda harid qilish mumkin bo‘ladi. Keyin esa uning Yevropa, Osiyo va Lotin Amerikasida sotuvi boshlanadi.

LG G Pad 10.1 planshetida 10,1 dyuymli IPS-displey, 1,2 GGers chastotaga ega to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon protsessori, 1 Gb tezkor va MicroSD ham o‘rnatish mumkin bo‘lgan 16 Gb doimiy xotira, 1,3 old hamda 5 megapikselli orqa kameraga ega bo‘ladi. Uning akkumulyatori quvvati esa 8000 mA·soatni tashkil etadi. Shuningdek unda internetga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyati mavjud.

Yangi planshet o‘lchamlari 260,9×165,9×8,9 mm, og‘riligi esa 523 gramm bo‘ladi. Unga Android 4.4.2 KitKat operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Hozircha qurilmaning narxi oshkor etilmagan, lekin uning xususiyatlaridan kelib chiqqan ... Читать дальше »
Ko'rildi: 336 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

Доступно только для пользователей[hide][hide][hide]Massachusets texnologiyalar instituti olimlari tomonidan yaratilgan qurilma FingerReader deya nomlanadi. U ko‘zi ojizlar o‘qishiga ko‘mak beradi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Qurilmani ishlatish uchun uni ko‘rsatkich barmoqqa taqish va o‘qish zarur bo‘lgan matnni ko‘rsatish kerak bo‘ladi va qurilma matnni ovoz chiqarib o‘qiy boshlaydi. Qurilmada o‘rnatilgan kichik kamera matnni aniqlash va o‘qishda yordam beradi.

Qurilma uzuk shaklida bo‘lib, bosma yozuvdagi kitoblarni o‘qiy oladi va bir qancha tillarni tarjima qiladi. Agar kamera qarshisida bo‘sh varoq yoki kitob bo‘lmagan joy chiqib qolsa, qurilma vibratsiya bilan foydalanuvchini ogohlantiradi.
... Читать дальше »
Ko'rildi: 265 | Qo'shdi: Maksimum | Vaqti: 09.07.2014 | Комментарии (0)

Profilga Kirish

Qidiruv

Saytda
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Copyright MyCorp © 2024