Суббота, 27.04.2024, 23:18
Приветствую Вас Гость | RSS
 
Mp3baSs.ucoz.net| |Biz Bilan Zerikmaysiz
Главная | | Регистрация | Вход
Sayt Menyusi

New Musiqa
Sevgi izxorlari [0]
Sevgi Faqat Sevgi
Eng Zo'r Sherlar [2]

Baxolash
Оцените мой сайт
Всего ответов: 13

Ma'lumot

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0

Главная » 2014 » Июль » 9 » Dunyo Yangiliklari
17:05
Dunyo Yangiliklari

O‘tgan yili O‘zbekiston hududida topilgan va OAVlarda mamont deb atalgan ulkan jonivor qoldiqlari ayni paytda Geologiya muzeyida saqlanmoqda.

Muzey direktori Ahmadjon Ahmedshoyevning Uzbekistan Today nashriga ma’lum qilishicha, topilma ustida tadqiqot ishlari davom etmoqda. “Qoldiqlarning mamontlar o‘tmishdoshlari — arxidiskodonlarga tegishli ekani isbotlandi, — dedi u. — Topilmaning aniq yoshi Yadro fizikasi institutidagi izlanishlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi”.

Ahmedshoyev ushbu arxidiskodonning taxminan 2 million 800 ming yildan 800 ming yil avvalgi davr oralig‘ida yashab o‘tganini aytdi. Yadro fizikasi instituti tadqiqotlari yarim yilda nihoyalanishi ko‘zda tutilgan.

Muzey tashrifchilari topilmani joriy yil so‘ngida tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. “Hozirda qoldiqlarga ular parchalanib ketmasligi uchun maxsus eritma bilan ishlov berilmoqda. U suyakning barcha qavatlariga singishi uchun vaqt talab etiladi”, — dedi direktor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Toshkent viloyati Ohangaron vohasidagi Ovjazsoy hududida O‘zbekistonda ilk bora janubiy mamont qoldiqlari topilgani xabar berilgan edi.

Просмотров: 786 | Добавил: Maksimum | Теги: Сами лутший сервер | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Profilga Kirish

Qidiruv

Saytda
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • Инструкции для uCoz


  • Copyright MyCorp © 2024